Salang dovonida yuk tashuvlari qayta tiklandi
eʼlon qilindi
Ta’mirlash ishlari 10-iyun kuni boshlangan edi

Afg‘oniston tomoni bergan ma’lumotga ko‘ra, 2025-yil 17-iyundan boshlab Salang dovoni orqali Pokiston va uning portlariga katta hajmli yuk tashuvlari yana davom ettirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, dovonda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yuk tashuvlariga xalaqit bermagan holda davom ettiriladi.
Eslatib o‘tamiz, ta’mirlash jarayoni 2025-yil 10-iyun kuni boshlangan edi.