
Samsung kompaniyasi tez orada yangi Galaxy M36 5G smartfonini taqdim etishini e’lon qildi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Qurilma uchta orqa kamera va sun’iy intellektga asoslangan funksiyalar bilan jihozlanadi. Kompaniya ilgari akkumulyator sig‘imiga urg‘u bergan bo‘lsa, bu safar «Monster AIcon» nomi ostida sun’iy intellekt imkoniyatlariga e’tibor qaratmoqda.
Galaxy M36 5G boshqa bozorlarda Galaxy F36 5G yoki Galaxy Jump 4 nomlari bilan chiqadi. Ishlab chiqaruvchining ma’lumotiga ko‘ra, smartfon Exynos 1380 chipsetida ishlaydi, 6 GB tezkor xotira va 128/256 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi.
Displey Full HD+ Super Amoled, selfi kamerasi uchun markaziy teshikka ega. Qurilma 2025-yil iyun oxirida sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S seriyalari uchun xavfsizlik yangilanishi taqdim etgan edi.