
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Ostona shahriga yetib bordi. Bu davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.



Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston prezidenti Ostonada «Markaziy Osiyo – Xitoy» sammitida ishtirok etadi. Ushbu sammit 17-18-iyun kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etadi.
Avvalroq davlat rahbari Ostona shahriga jo‘nab ketgani haqida yozgan edi.