Toqayev Mirziyoyevni O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 17-iyun kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatiga chiqqani bilan tabrikladi.
Ushbu uchrashuv «Markaziy Osiyo – Xitoy» sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi, unda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Xitoy raisi Si Szinpin ishtirok etdi. Sammitda qatnashish uchun Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga borgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyi boshida tarixda ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘l oldi. Ushbu yutuq munosabati bilan terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi avtomobillar bilan rag‘batlantirildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 55-o‘ringa ko‘tarildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakat futbolining «Katta do‘ppi»si onlayn auksionga qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.