Toshkentda stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi

eʼlon qilindi
U-15 va U-19 yosh toifasida
Toshkentda stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi / Foto: SATV

Joriy yilning 26 iyun–2 iyul kunlari Toshkent shahrida U-15 va U-19 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, musobaqada O‘zbekiston, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Eron, Qozog‘iston kabi 22 davlatdan 400 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi.

Yosh tennischilar o‘rtasidagi bahslar Toshkentdagi «Humo arena» majmuasida tashkil etiladi. Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi turnirga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini boshlagani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek