Tramp oilasi 47 dollarlik yangi T1 smartfonini taqdim etdi

17-iyun 2025 15:21 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Tramp oilasi yangi T1 smartfonini taqdim etdi. Ekran tasviri videodan olindi

Tramp oilasi AQShda Trump Mobile virtual operatorini ishga tushirib, oltin rangdagi T1 smartfonini taqdim etdi. Smartfon oldindan buyurtma qilish uchun ochiq.

Bitta tarif – The 47 Plan

Trump organization tarkibiga kiruvchi Trump Mobile kompaniyasi faqat bitta tarif rejasi – The 47 Planni taklif qilmoqda. Uning narxi oyiga $47,45. Bu narx Donald Trampning AQShning 45-prezidenti va ehtimoliy 47-prezidenti bo‘lishiga ishora sifatida tanlangan.
Mijozlar ushbu tarif bilan birga oltin rangli T1 smartfonini ham xarid qilishi mumkin. Qurilma narxi – $499.

T1 – oltin rangdagi smartfon

Trump Mobile tomonidan tarqatilgan press-relizda ushbu smartfon yuqori baholangan:

«Yuqori unumdorlik uchun mo‘ljallangan. AQShda g‘urur bilan ishlab chiqarilgan. Ko‘zni qamashtiruvchi oltin rangli smartfon», – deyiladi ta’rifda.

Qurilmani oldindan buyurtma qilish mumkin. Savdoga avgust yoki sentabr oylarida chiqarilishi kutilmoqda.

Smartfon haqida nimalar ma’lum

T1 modeli haqida texnik ma’lumotlar hozircha juda kam. Ma’lum bo‘lishicha, u oltin rangli korpusga ega, orqa panelida T1 logotipi va AQSh bayrog‘i joylashgan. Uch kamerali tizimi iPhone Pro modeliga o‘xshaydi, lekin obyektivlar joylashuvi biroz boshqacha. Flash yoritgich mavjud emasdek tuyuladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan eng yaxshi smartfonlar Top – 10 ligini ma’lum qilgandi.

Shuningdek