Xiaomi eng katta akkumulyatorli Redmi K80 Ultra smartfonini taqdim etadi

17-iyun 2025 18:14 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Redmi K80 Ultra. Foto: Xiaomitime

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Redmi K80 Ultra smartfonining asosiy texnik xususiyatlaridan birini rasman ochiqladi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.

Yangi qurilma rekord darajadagi – 7410 mA·soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, bu hozircha Xiaomi tarixidagi eng katta quvvatga ega batareya hisoblanadi.

Kompaniya hisob-kitoblariga ko‘ra, Redmi K80 Ultra bitta to‘liq quvvat bilan ikki yarim kungacha ishlashi mumkin. Qurilma 100 vattli tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa foydalanuvchilarga qisqa fursatda qurilmani to‘liq quvvatlantirish imkonini beradi.

Redmi K80 Ultra’ning rasmiy taqdimot sanasi hozircha ma’lum qilinmagan, biroq Xiaomi China prezidenti Lyu Veybing va Xiaomi asoschisi Ley Tszyunning so‘zlariga ko‘ra, smartfon oy oxirigacha rasman namoyish etilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Redmi K80 Ultra bilan birga Redmi K Pad plansheti ham taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Top – 10» eng yaxshi smartfonlar qaysilar ekani haqida yozgandi.

GSMArena nashri Top 10 eng yaxshi smartfonlar reytingini e’lon qildi. Unda Redmi Turbo 4 iPhone 16 pro Max modelidan ustun keldi.

Huawei kompaniyasi hafta davomida o‘zining yangi flagman kamerafonini – Pura 80 Ultra modelini taqdim etdi. Bu qurilma darhol eng mashhur smartfonlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Kuchli texnik xususiyatlarga ega bu modeldan katta imkoniyatlar kutilyapti.

Reytingda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Samsung Galaxy A56 hamda Galaxy S25 Ultra modellari band qildi.

OnePlus 13s bu hafta to‘rtinchi o‘ringa tushgan bo‘lsa, Redmi Turbo 4 Pro sezilarli darajada yuqorilab, beshinchi pog‘onani egalladi.

Shuningdek, Redmi yangi qurilmalarini taqdim etishi haqida yozgandik.

Shuningdek