Xorijda vafot etganlarni olib kelish xarajatlarini Migratsiya jamg‘armasi moliyalashtiradi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, xorijda vafot etganlarni olib kelish xarajatlarini Migratsiya jamg‘armasi moliyalashtirishi mumkin.
«Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida»gi qonunga mehnat migratsiyasi davrida vafot etgan fuqarolarning jasadlarini olib kelish xarajatlarini Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, qonun loyihasi bilan o‘rmon fondi yerlarini onlayn auksion orqali foydalanishga berish hamda yig‘imlarning faqat qonunlar bilan belgilanishini nazarda tutish taklif etilmoqda.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash vakolati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazilmoqda.
Loyiha birinchi o‘qishda qabul qilingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada eng ko‘p migratsion jinoyatni o‘zbekistonliklar sodir etgani haqida yozgandi.