O‘zbekiston yadroviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro hujjatni ko‘rib chiqmoqda

eʼlon qilindi
Qonun loyihasi dastlabki tarzda muhokama qilindi
Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi bo‘yicha konvensiya muhokama qilindi. Foto: Oliy Majlis Senati

Bugun, 17-iyun kuni Senatning tegishli qo‘mitasi majlisida O‘zbekistonning Vena konvensiyasiga qo‘shilishi masalasi muhokama qilindi. Mazkur qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Muhokamada O‘zbekistonning Konvensiyaga qo‘shilishi yadro hodisalari oqibatida yetkazilgan zararning fuqarolik javobgarligi asosida qoplanishini ta’minlashi qayd etildi. Hujjat yadro operatori javobgarligi va zararni qoplash bo‘yicha minimal talablarni belgilaydi.

Senatorlar Konvensiyaga qo‘shilish orqali O‘zbekiston xalqaro huquqiy maydonga yadro xavfsizligi sohasida integratsiyalashishini, jabrlanuvchilarning huquqlari himoyasi, sug‘urta va kompensatsiya tizimlarini joriy etish imkoniyatlari kengayishini qayd etdi.

Shuningdek, bu jarayon Atom energiyasi xalqaro agentligi bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab, istiqbolli loyihalarni tezlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Majlis yakunida Qo‘mita mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qildi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Senatda O‘zbekistonning Vena konvensiyasiga qo‘shilishi ko‘rib chiqilgani haqida xabar bergandi.

Shuningdek