Yangiliklar

Centrum Air Namangan – Moskva yo‘nalishida yangi aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqda

22-iyundan boshlab
Centrum Air
Centrum Air Namangan — Moskva yo‘nalishida yangi aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqda. Foto: Centrum Air

Centrum Air aviakompaniyasi 22-iyundan boshlab Namangan va Moskva shaharlari (Domodedovo aeroporti) o‘rtasida muntazam parvozlarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya Kursiv’ga ma’lum qildi.

Reyslar Airbus A320 samolyotlarida haftada uch marotaba – dushanba, payshanba va yakshanba kunlari parvozlar amalga oshiriladi. Parvoz vaqti o‘rtacha 4 soat 20 daqiqani tashkil etadi.

Reyslar jadvali

Yo‘nalishKunlarJo‘nash vaqtiYetib borish vaqti
Namangan — Moskva (C407)payshanba, yakshanba12:4015:00
dushanba (23-iyundan)18:4021:00
Moskva — Namangan (C408)payshanba, yakshanba16:0022:05
dushanba (23-iyundan)22:0004:05 (24-iyun, ertasi kuni)

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Centrum Air’da Toshkent – Guanchjou yo‘nalishida haftasiga ikki reys harakatlanishi haqida yozgandi.

Shuningdek, aviakompaniya O‘zbekistondan Rossiyaning 15 dan ortiq shaharlariga yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yishi haqida ham yozgandi.

Yangi reyslar Samarqand, Namangan, Urganch va Toshkent shaharlaridan amalga oshiriladi.

«Yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish – mintaqalarni rivojlantirish va millionlab yo‘lovchilar uchun havo transporti qatnovlarining mavjudligi va qulayligini yaxshilashga qo‘shgan hissamizdir. Biz O‘zbekistonning har bir fuqarosi qulay, tez va maqbul narxlarda sayohat qila olishini istaymiz», – dedi Centrum Air asoschisi va kuzatuv kengashi raisi Abdullaziz Abdurahmonov.

Unga ko‘ra, Samarqanddan:

  • Moskva (VKO) – 3 ta reys/haftasiga (25-iyundan);
  • Sankt-Peterburg (LED) – 2 ta reys/haftasiga (26-iyundan);
  • Xabarovsk (KHV) – 1 ta reys/haftasiga (27-iyundan);
  • Vladivostok (VVO) – 1 ta reys/haftasiga (23-iyundan).

Namangandan:

  • Moskva (SVO) – 3 ta reys/haftasiga (22-iyundan);
  • Novosibirsk (OVB) – 2 ta reys/haftasiga (23-iyundan);
  • Sankt-Peterburg (LED) – 2 ta reys/haftasiga (25-iyundan).

Urganchdan:

  • Sankt-Peterburg (LED) – 2 ta reys/haftasiga
  • Moskva (SVO) – 3 ta reysgacha;
  • Mineral Suvlar – 1 ta reys/haftasiga.

Toshkentdan Moskvaga haftasiga 6 ta reysgacha amalga oshiriladi.

Shu bilan birga «Kursiv» 28-may kuni, kechqurun Centrum Air’ning yangi Airbus A320neo (UK32075 reysi) samolyoti Tuluza shahridan Toshkentga yetib kelgani haqidagi fotoreportajni e’lon qilgandi.