Avto

Chevrolet Malibu uchun kontraktatsiya ochildi

Uzavtosavdo.uz saytidan olish mumkin
Chevrolet Malibu
Chevrolet Malibu uchun kontraktatsiya ochildi / Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

UzAuto Motors Chevrolet Malibu XL (Malibu-2 MALBDB 9AT LTZ) modeli uchun kontraktatsiyani ochdi. Shartnomalarni kompaniyaning uzavtosavdo.uz saytidan olish mumkin.

Foto: Uzautosavdo.uz

Kompaniya bu haqida rasmiy sahifalarida hali ma’lum qilmadi, ammo sayt orqali shartnomlarni olish imkoni mavjud. Ushbu model narxi 419 mln so‘m bo‘lib, shu yilning noyabr oyi oxirigacha yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, modelning old chiroqlari, ifodali radiator panjarasi, xrom bezaklari va 17 dyuymli yengil qotishmali disklar bilan ajralib turadi. Panoramik lyuk mashinaning premium ko‘rinishini ifodalaydi.

Foto: Uzautosavdo.uz

LTZ saloni ventilyatsiyaga ega perforatsiyalangan o‘rindiqlar, old va orqa o‘rindiqlarni isitish funksiyasi, haydovchi o‘rindig‘ining xotirasi, qora shift qoplamasi va orqa yo‘lovchilar uchun stakanli markaziy podlokotnikdan iborat. Salonda haydovchi o‘rindig‘i 10 yo‘nalishda, old yo‘lovchi o‘rindig‘i esa 8 yo‘nalishda sozlanadi.

Foto: Uzautosavdo.uz

Simsiz quvvatlash, kalitsiz kirish tizimi va tugma orqali ishga tushirish funksiyasi mavjud.

Sotuvdagi avtomobilning to‘rt xil rangi mavjud: Mosaic Black Metallic, White Frost, Cosmonaut Met-2 va Grey.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 29-may kuni Chevrolet Malibu XL uchun kontraktatsiya atigi bir soat ichida yakunlangani haqida yozgadi.

Shuningdek, UzAuto Motors kompaniyasi o‘zining rasmiy dilerlik tarmoqlarida 14,4 mingta avtomobilni navbatsiz sotuvga chiqargandi. Avtomobillar orasida Chevrolet Onix, Tracker va Damas modellari mavjud.

Shu bilan birga Chevrolet Malibu 2025 modelining tortish quvvati qandayligi haqida ham xabar berilgandi.

2025-yilgi Malibu 1.5 litrli turbo zaryadli 4 silindrli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 160 ot kuchi va 184 funt-oyoq (250 Nm) aylanish momentiga ega. Ushbu modelning barcha komplektatsiyalari uchun maksimal tortish quvvati 1,000 funt (taxminan 454 kilogramm) etib belgilangan.