Eron Isroil havo hududi ustidan nazorat o‘rnatganini e’lon qildi

eʼlon qilindi
Eron ushbu hujumda «Fateh» turkumidagi raketalardan foydalangan
Isroil havo hududi ustidan nazorat o‘rnatildi. Foto: REUTERS / Violeta Santos Moura

Eron Islom inqilobi soqchilar korpusi Isroilga uyushtirilgan tungi raketa hujumi chog‘ida bu mamlakat havo hududi ustidan nazoratni qo‘lga kiritganini ma’lum qilgan. Bu haqda Eronning IRNA axborot agentligi xabar berdi.

«Bugungi raketa hujumi shuni ko‘rsatdiki, biz bosib olingan hududlar (Isroil) osmoni ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritdik. Ularning aholisi Eron raketa hujumlari qarshisida butunlay himoyasiz qoldi», – deyiladi rasmiy bayonotda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron ushbu hujumda «Fateh» turkumidagi raketalardan foydalangan.

Eslatib o‘tamiz, Eron urush boshidan buyon Isroilga 370 dan ortiq raketa va yuzlab dronlar yo‘lladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda 24 kishi halok bo‘lgan, 500 dan ortiq odamlar yaralangan. Eron esa Isroil hujumlarida kamida 224 kishi vafot etganini ma’lum qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Erondagi Ormuz bo‘g‘ozi yopilishi va bu kimlarga zarar keltirishi haqida yozgandi.

Shuningdek