
Abduqodir Husanov o‘z jamoadoshlarini vokal chiqishi bilan xursand qildi. Tasvir «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandning Instagram’dagi hikoyasida e’lon qildi (soat 12:10 da mavjud emas).
O‘zbekistonlik futbolchi qo‘shiqni jamoaviy kechki ovqat paytida ijro etdi. Uning jamoadoshlari o‘rtog‘ini qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlashdi. Futbolchi o‘zbek xip-xop artisti Radius 21ning (haqiqiy ismi Shahzod G‘ulomov ) Dubay qo‘shig‘idagi satrlarni kuylagan.
«Manchester Siti» ayni damda AQSHdagi klublar o’rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. 18-iyun oqshomida klub marokashlik Vidadga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Avvalroq Transfermarkt portali 2025-yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchilarining joriy bozor qiymati haqida ma’lumot bergani haqida yozgan edik.