Lifestyle

Husanov «Manchester Siti» jamoadoshlari oldida kuyladi – video

Husanov «Man Siti» jamoadoshlari oldida kuyladi / Foto: Goal

Abduqodir Husanov o‘z jamoadoshlarini vokal chiqishi bilan xursand qildi. Tasvir «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandning Instagram’dagi hikoyasida e’lon qildi (soat 12:10 da mavjud emas).

O‘zbekistonlik futbolchi qo‘shiqni jamoaviy kechki ovqat paytida ijro etdi. Uning jamoadoshlari o‘rtog‘ini qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlashdi. Futbolchi o‘zbek xip-xop artisti Radius 21ning (haqiqiy ismi Shahzod G‘ulomov ) Dubay qo‘shig‘idagi satrlarni kuylagan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/68524d49a3c34d311fabe910_c9b8f2e7-6f53-405c-a80f-a4f7b306773e.mp4
Video: Erling Holand / Instagram

«Manchester Siti» ayni damda AQSHdagi klublar o’rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. 18-iyun oqshomida klub marokashlik Vidadga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Avvalroq Transfermarkt portali 2025-yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati ishtirokchilarining joriy bozor qiymati haqida ma’lumot bergani haqida yozgan edik.