
Birinchi o‘zbek uchuvchisi Abdusamat Taymetov hayoti va Li-2 samolyoti yaratilishi haqidagi «Taymetov. G‘alaba parvozi» hujjatli filmi «Yevrosiyo-Kinofest» II xalqaro kinofestivalida «Matbuot mukofoti» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» AJ ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, mazkur film 90 dan ortiq xalqaro ishtirokchilar orasidan ajralib chiqqan. Rejissyor Eldor Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, film ustida ishlashda arxiv va muzey materiallari asos qilib olingan.
Festivalda 30 dan ortiq davlatlardan rejissyorlar ishtirok etgan. Shuningdek, unda Zulfiqor Musoqovning «Umida. Fudziyama haqida tush» va Muzaffar Erkinovning «Maxtumquli Farog‘iy» filmlari ham namoyish etildi.
Ma’lumot uchun, ushbu film «Madaniyatlar muloqoti» mediaforumida «Eng yaxshi film» diplomi va «Бронзовый Витязь» mukofotiga ham sazovor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda ekranlarga chiqqan 7 ta yangi fantastik film haqida yozgan edik.