Isroildagi o‘zbekistonliklar qaysi nazorat punktlaridan o‘tishi mumkinligi ochiqlandi

eʼlon qilindi
Misr va Iordaniya orqali
O‘zbekistonliklar qaysi nazorat punktlaridan o‘tishi mumkinligi ochiqlandi. Foto: Arafat Barbakh / Reuters

Isroilni mustaqil ravishda tark etishni istagan o‘zbekistonliklar qaysi nazorat punktlaridan o‘tishi mumkinligi ochiqlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Misr va Iordaniyadagi quyidagi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali mamlakatdan chiqish mumkin:

1. Misr orqali «Menaxem Begin» / «Taba» nazorat-o‘tkazish punktidan (Isroilning Eylat va Misrning Taba shaharlari o‘rtasida joylashgan):

  • O‘zbekiston fuqarolari bu punkt orqali Misrga vizasiz kirishlari mumkin. Kirishda «Sinoiy kirish muhri» beriladi, u 14 kungacha faqat Sinoiy yarim oroli hududida qolish huquqini beradi (Qohira va boshqa shaharlarga borish mumkin emas).
  • 21 yoshga to‘lmaganlar ota yoki onadan biri hamrohligida chiqishlari shart.
  • Taba shahridan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobilda borish mumkin.

Sharm ash-Shayx aeroportidan aviaqatnovlar:

  • Uzbekistan Airways: haftasiga 3 marta (seshanba, chorshanba, shanba, soat 12:35) Toshkentga.
  • Turkish Airlines: har kuni 1–2 marta Istanbulga (keyin Toshkentga tranzit).
  • Pegasus Airlines: har kuni 1–2 marta Istanbul (Sabixa Gyokchen aeroporti) orqali Toshkentga tranzit.

2. Iordaniya orqali «Shayx Husayn» (Isroilning Bayt-Shean shahri yaqinida) yoki «Itshak Rabin» / «Vadi Arava» (Isroilning Eylat shahri yaqinida) nazorat-o‘tkazish punktlari orqali chiqib, Iordaniyaning poytaxti Amman shahrigacha borish mumkin.

Omandan aviaqatnovlar:

  • Oman – Istanbul – Toshkent
  • Oman – Dubay – Toshkent

Iordaniyaga kirish uchun oldindan viza olish zarur. Vizani quyidagi havolalar orqali rasmiylashtirish mumkin:

Favqulodda holatlarda quyidagi elchixonalar bilan bog‘lanish mumkin:

Avvalroq Kursiv Uzbekistan TIV o‘zbekistonliklarni provokatsiyalarga uchmaslikka chaqirgani haqida yozgandi

Shuningdek