
Isroilni mustaqil ravishda tark etishni istagan o‘zbekistonliklar qaysi nazorat punktlaridan o‘tishi mumkinligi ochiqlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Misr va Iordaniyadagi quyidagi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali mamlakatdan chiqish mumkin:
1. Misr orqali «Menaxem Begin» / «Taba» nazorat-o‘tkazish punktidan (Isroilning Eylat va Misrning Taba shaharlari o‘rtasida joylashgan):
- O‘zbekiston fuqarolari bu punkt orqali Misrga vizasiz kirishlari mumkin. Kirishda «Sinoiy kirish muhri» beriladi, u 14 kungacha faqat Sinoiy yarim oroli hududida qolish huquqini beradi (Qohira va boshqa shaharlarga borish mumkin emas).
- 21 yoshga to‘lmaganlar ota yoki onadan biri hamrohligida chiqishlari shart.
- Taba shahridan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobilda borish mumkin.
Sharm ash-Shayx aeroportidan aviaqatnovlar:
- Uzbekistan Airways: haftasiga 3 marta (seshanba, chorshanba, shanba, soat 12:35) Toshkentga.
- Turkish Airlines: har kuni 1–2 marta Istanbulga (keyin Toshkentga tranzit).
- Pegasus Airlines: har kuni 1–2 marta Istanbul (Sabixa Gyokchen aeroporti) orqali Toshkentga tranzit.
2. Iordaniya orqali «Shayx Husayn» (Isroilning Bayt-Shean shahri yaqinida) yoki «Itshak Rabin» / «Vadi Arava» (Isroilning Eylat shahri yaqinida) nazorat-o‘tkazish punktlari orqali chiqib, Iordaniyaning poytaxti Amman shahrigacha borish mumkin.
Omandan aviaqatnovlar:
- Oman – Istanbul – Toshkent
- Oman – Dubay – Toshkent
Iordaniyaga kirish uchun oldindan viza olish zarur. Vizani quyidagi havolalar orqali rasmiylashtirish mumkin:
Favqulodda holatlarda quyidagi elchixonalar bilan bog‘lanish mumkin:
- Misr: +20 2 333-617-23; +20 128 666-1441
Email: eg.uzembassy@mfa.uz - Iordaniya (Saudiya Arabistonidagi elchixona orqali): +966 11 263-5223; +966 56 721-7731
Email: uzbembriyadh@gmail.com - Isroil: +972 3 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076; +972 54 485-1397
Email: il.uzembassy@mfa.uz
Avvalroq Kursiv Uzbekistan TIV o‘zbekistonliklarni provokatsiyalarga uchmaslikka chaqirgani haqida yozgandi.