Yangiliklar

Makron Trampning Eron bo‘yicha pozitsiyasini tanqid qildi

U Iroq va Liviyadagi tajribalarni esladi
Makron Trampning Eron bo‘yicha pozitsiyasini tanqid qildi / Foto: DPN

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh prezidenti Donald Trampning Eron masalasidagi siyosatini tanqid qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Makron Tehrondagi rejimni harbiy yo‘l bilan almashtirish urinishlari mintaqani beqarorlikka olib kelishini aytdi.

Makron G7 sammitida Tramp Eron bilan sulhga erishmoqchi ekanini bildirganini ta’kidladi. Biroq Tramp keyinchalik bu fikrni rad etib, Erondan «so‘zsiz taslim bo‘lish»ni talab qildi.

Fransiya yetakchisi Eronning yadroviy dasturi xalqaro nazoratga olinishi lozimligini ta’kidlab, harbiy zarbalarni qat’iy rad etdi. U Iroq va Liviyadagi tajribalarni eslab, bunday yondashuvning xavfli oqibatlarga olib kelishini ogohlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron–Isroil mojarosining beshinchi kuni haqida batafsil yozgan edik.