Yangiliklar

Malayziya O‘zbekistonga 20 ming dollarlik o‘quv va ilmiy adabiyotlar taqdim etdi

Ingliz tilidagi o‘quv va ilmiy adabiyotlar
20 ming dollarlik adabiyotlar yetib keldi. Ekran tasviri videodan olindi

Malayziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tomonidan O‘zbekistonga qiymati $20 mingga teng ingliz tilidagi o‘quv va ilmiy adabiyotlar taqdim etildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Ushbu adabiy yordam O‘zbekiston elchixonasi va Malayziyaning «MARA» Texnologiya universiteti o‘rtasidagi muzokaralar natijasida erishilgan kelishuv doirasida amalga oshirildi.

500 ga yaqin adabiyotlar muhandislik, tibbiyot, moliya-iqtisod, kimyo-biologiya, matematika va kompyuter texnologiyalari kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Mazkur adabiyotlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ko‘magida O‘zbekistonga yetkazildi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda ijodiy sanoat parklari tashkil etilishi haqida yozgandi.