
Amerika olimlari AQSh g‘arbiy sohillarida dengiz tubidagi metan chiqadigan hududlarda ilgari noma’lum bo‘lgan uch turdagi yangi dengiz o‘rgimchaklarini kashf etdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Bu o‘rgimchaklar o‘z tanasida yashovchi bakteriyalar bilan simbiozda yashaydi: bakteriyalar metan gazidan energiya hosil qiladi, o‘rgimchaklar esa ularni iste’mol qilib oziqlanadi.

Olimlar bu holat o‘rgimchaklarda birinchi bor kuzatilayotgan o‘ziga xos oziqlanish turi ekanini aytmoqda. Yangi topilgan Sericosura turiga mansub o‘rgimchaklar juda kichik — atigi 1 santimetr bo‘lib, Kaliforniya va Alyaska suvlarida topilgan.
Mutaxassislarning fikricha, bu mikroorganizmlar metanning atmosferaga chiqishini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu esa global iqlim muvozanatini saqlashga hissa qo‘shishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yangi o‘simlik turi topilgan edi.