Nissan Leaf endi krossoverga aylandi

18-iyun 2025 15:04 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Nissan Leaf endi krossoverga aylandi / Foto: Nissan

15 yil avval ilk bor taqdim etilgan Nissan Leaf modelining yangi, uchinchi avlodi rasman namoyish qilindi. Endi u xetchbek emas, balki zamonaviy dizaynga ega elektr krossover bo‘ldi.

Yangi Leaf to‘rtta turda chiqadi: S, S+, SV+ va Platinum+. «Plus»li modellarda 214 ot kuchi va 75 kVt/soatli batareya bor. S versiyasi esa 174 ot kuchi va 52 kVt/soatli akkumulyatorga ega.

Foto: Nissan

S+ modeli to‘liq quvvatda 487 km masofani bosib o‘tadi. Platinum+ esa 417 km yuradi. Har ikki modelda ham Tesla’ga mos NACS va J1772 zaryadlash portlari mavjud. Batareyani 80 foizgacha quvvatlash 35 daqiqa vaqt oladi.

Salonida 12,3 dyuymli ikkita ekran bor. SV+ va Platinum+ versiyalarida esa 14,3 dyuymli displeylar mavjud. Barcha modellarda Google servisli multimedia, Apple CarPlay va Android Auto ishlaydi.

Foto: Nissan

Platinum+ versiyasida 10ta dinamikli Bose audio va proektsion ekran bor. Har bir modelda ProPilot Assist va xavfsizlik tizimlari standart sifatida taqdim etiladi.

Narxlar hozircha e’lon qilinmagan. Biroq dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Leaf taxminan $30 mingdan boshlanadi.

Foto: Nissan

Nissan – Yaponiyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri. Kompaniya 1933-yilda asos solingan. Dastlab faqat ichki bozor uchun ishlab chiqarilgan mashinalar, keyinchalik butun dunyoga eksport qilina boshlandi. Nissan nafaqat yo‘lovchi avtomobillari, balki tijorat va sport mashinalarini ham ishlab chiqaradi.

Foto: Nissan
Video: Nissan / You Tube

Kompaniya zamonaviy texnologiyalar, xavfsizlik tizimlari va elektr transport vositalariga katta e’tibor qaratadi. Nissan Leaf modeli bilan kompaniya global elektrokar bozorida yetakchilardan biriga aylangan. Bugun Nissan avtomobillari 100 dan ortiq mamlakatlarda sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nissan 2027-yilda yangi X-Trail’ni ikki xil dizaynda taqdim etishi haqida yozgan edi.

Shuningdek