O‘zbekiston shifoxonasida ilk jarrohlik roboti paydo bo‘ldi — video

eʼlon qilindi
Jarrohlik roboti Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan
Jarrohlik roboti. Ekran tasviri videodan olindi

O‘zbekistondagi davlat tibbiyot muassasasida ilk bor zamonaviy jarrohlik roboti ishga tushirildi. U Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy markazida o‘rnatildi.

REVO-I jarrohlik roboti Janubiy Koreyaning Meere kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu qurilma bemorlar uchun xavfni kamaytirgan holda murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkonini beradi. Bunday operatsiyalar vaqtida qon yo‘qotilishi kamayadi, hayot uchun muhim a’zolarga zarar yetmaydi va tiklanish jarayoni tezroq kechadi.

Video: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Bugungi kunda bunday turdagi jarrohlik robotlari AQSh, Germaniya, Fransiya, Koreya, Yaponiya, Singapur va Turkiya kabi rivojlangan davlatlarda keng qo‘llanilmoqda.

Mazkur robot yordamida jarrohlik amaliyotlarini o‘ndan ortiq yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirish mumkin.

Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy markaziga olib kelingan ushbu robot orqali hozirga qadar ikki muvaffaqiyatli operatsiya bajarilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab tashkil etilishi haqida xabar qilgandi.

Shuningdek