O‘zbekistondagi 2,8 mingdan ortiq avtobus bekatlarida muammolar aniqlandi

eʼlon qilindi
Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul idoralarga chora ko‘rishni tavsiya qilgan
Avtobus bekatlarida muammolar aniqlandi. Foto: Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi

Raqobatni qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida mamlakat bo‘ylab 2,8 mingdan ortiq avtobus bekatlarida turli muammolar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklariga tegishli topshiriqlar yuborilgan.

Qo‘mita o‘z tekshiruvlari davomida bekatlarda belgilangan talablar va qulayliklar yetarlicha ta’minlanmaganini qayd etdi. Ayrim joylarda kutish pavilyonlari har tomonlama yopilmagan bo‘lib, yo‘lovchilar sovuq yoki issiq havodan himoyalanmagan.

Yana bir qator bekatlarda savdo shoxobchalari bevosita kutish joylarining ichida joylashgan. Ko‘plab bekatlarda nogironlar uchun mo‘ljallangan panduslar o‘rnatilmagan, elektr yoritgichlar yetishmaydi, pavilyonlar umuman mavjud emas, bekat nomlari va yo‘nalish raqamlari ko‘rsatilmagan holatlar ham aniqlangan.

Amaldagi davlat standarti va hukumat qarorlariga ko‘ra, avtobus bekatlari yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lishi, jumladan, uch tomoni yopiq kutish joylari, nogironlar uchun pandus, yorug‘lik, chiqindilar uchun qutilar, alohida savdo zonalari va reklamasiz toza hududlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, bekatlar asfaltlangan maydonchaga ega bo‘lib, yomg‘ir yoki qorli kunlarda himoya qiluvchi pavilyonlar, yo‘nalish va nom ko‘rsatkichlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

Raqobat qo‘mitasi ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul idoralarga chora ko‘rishni tavsiya qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdan Issiq-ko‘l yo‘nalishida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek