Parkentda «Baytqo‘rg‘on – Parkent» elektrlashtirilgan temir yo‘li quriladi

eʼlon qilindi
Unda kuniga 275 ming nafargacha yo‘lovchi tashilishi mumkin
Parkentda «Baytqo‘rg‘on – Parkent» elektrlashtirilgan temir yo‘li quriladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Parkent tumaniga tashrif buyurib, u yerda aholi hayoti, hududning iqtisodiy rivoji va yangi loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Prezident avvalo «Parkentsoy» turarjoy massiviga bordi. Bu loyiha hududni «o‘sish nuqtalari» asosida rivojlantirish, aholiga qulay va zamonaviy turmush sharoitlari yaratish siyosatining namunasi hisoblanadi. Olti gektar maydonda 5,2 ming xonadonli, energiya tejamkor texnologiyalar bilan ta’minlangan ko‘p qavatli uylar bunyod etilmoqda.

Massivda, shuningdek, maktablar, bog‘chalar, bolalar maydonchalari, keng ko‘lamli park va sayilgohlar barpo etilmoqda. Tadbir davomida Parkentdagi infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.

Foto: President.uz

Eng katta loyihalardan biri «Baytqo‘rg‘on – Parkent» elektrlashtirilgan temir yo‘lining qurilishi. Taxminan 24 kilometr uzunlikdagi ushbu yo‘l foydalanishga topshirilgach, Parkent tumanidan poytaxtga borish ancha oson va qulay bo‘ladi. Shuningdek, tumanning go‘zal joylariga sayohat qilish imkoniyati kengayadi. Temir yo‘l orqali kuniga 275 minggacha yo‘lovchi tashilishi rejalashtirilgan.

Parkentsoy soyi qirg‘oqlarini mustahkamlash va tartibga keltirish ishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Yangi yo‘llar, piyodalar yo‘lakchalari va ko‘priklar qurilib, hududda tirbandlik kamaymoqda.

Foto: President.uz

Mirziyoyev parkentlik faollar bilan uchrashib, tinchlik va barqarorlikni saqlash, bunyodkorlikni davom ettirishning ahamiyatini ta’kidladi. Parkent tumanida yaratilayotgan qulaylik va yangi imkoniyatlar mahalliy aholi hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parkentda yangi turistik majmua qurilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek