Prezident Parkentda turizm va bog‘dorchilik loyihalari bilan tanishdi

eʼlon qilindi
U Parkent tajribalarini boshqa hududlarga yoyish topshirig‘ini berdi
Prezident Parkentda turizm va bog‘dorchilik loyihalari bilan tanishdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanidagi Kumushkon mahallasiga tashrif buyurib, turizm salohiyati va mehmon uylari bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, so‘nggi yillarda bu hududda sayyohlar oqimi ortib, 80 dan ortiq xonadonlarda mehmonxonalar tashkil etilgan. Ular yiliga 172 ming sayyohga xizmat ko‘rsatmoqda.

Foto: President.uz

Prezident mehmon uylaridan biriga aylangan Olim Yusubovning 48 o‘rinli milliy uslubdagi hovlisini ko‘zdan kechirdi. Ushbu uy har yili 2 mingdan ziyod mehmonlarni qabul qilmoqda. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Foto: President.uz

Shuningdek, Prezident «Meridian Tempo» korxonasining 54 gektarlik intensiv bog‘ini ham borib ko‘rdi. Bu yerda Fransiya va Ispaniyadan keltirilgan eksportbop mevalar – gilos, olma, nok, malina yetishtirilmoqda. Tomchilatib sug‘orish va quyosh panellari orqali xarajatlar kamaytirilgan. Bu yil bog‘dan 1,2 ming tonnadan ortiq hosil olinishi rejalashtirilgan.

Foto: President.uz

Mirziyoyev bu tajribalarni boshqa hududlarga yoyish, xorij tajribasini joriy etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parkentda «Baytqo‘rg‘on – Parkent» elektrlashtirilgan temir yo‘li qurilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek