Fan

Quyoshda X toifasidagi kuchli portlash yuz berdi

18-iyun 2025 08:12 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Quyoshda X toifasidagi kuchli portlash yuz berdi / Foto: Stanford

Quyoshda eng kuchli darajadagi – X toifasiga mansub portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RFA Kosmik tadqiqotlar institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.

Ushbu hodisa Yerga eng katta ta’sir ko‘rsatadigan hududda qayd etildi va X1.2 toifasida baholandi. Portlash cho‘qqisi Moskva vaqti bilan 18-iyun soat 00:49 da kuzatilgan.

Mutaxassislar kunduzi Quyoshda «keng ko‘lamli faol jarayonlar sodir bo‘layotgani va bu jarayonlar plazmani kuchli qizdirmoqda» deb bildirgan edi. Ana shu jarayonlar X toifasidagi portlashga sabab bo‘ldi. Bu – iyun oyidagi eng kuchli portlash bo‘lib, undan avval eng kuchlisi 15-iyun kuni sodir bo‘lgan M6.8 toifasidagi portlash edi.

Quyoshda ilgari X toifasidagi eng kuchli portlash 25-may kuni kuzatilgan edi. Umuman olganda, joriy yil davomida Quyoshda hozirgacha 8 ta X darajadagi portlash sodir bo‘ldi. Bugungi portlash quvvati bo‘yicha 4-o‘rinni egalladi. Yil boshidan beri eng kuchli portlash esa 14-mayda sodir bo‘lgan X2.7 darajadagi portlash hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Space Solar kompaniyasi Quyosh energiyasini fazodan uzatish texnologiyasini yaratgan edi.

Shuningdek