
Redmi brendi tomonidan yaqinda taqdim etiladigan Redmi K80 smartfoning suratlari e’lon qilindi. Bu haqda GSMArena nashri xabar bermoqda.

Redmi brendi K80 Ultra flagman smartfoni haqida yangi tafsilotlarni oshkor qildi. Unga MediaTek Dimensity 9400+ protsessori o‘rnatilgan. Bu chipning sovitish tizimi juda yaxshi ishlaydi, shu sababli telefon AnTuTu testida 3,24 mln ball to‘plashga erishgan.

Smartfon 7 410 mA/soat sig‘imli katta batareyaga ega. Shuningdek, yangi, kuchli vibratsiya motor o‘rnatilgan bo‘lib, u 53% tezroq ishga tushadi va to‘xtaydi, 62% aniqroq tebranish beradi va deyarli 100 xil vibratsiya effektini qo‘llab-quvvatlaydi.
Simmetrik karnaylar ovoz sifatini yaxshilaydi – ayniqsa, 8 kHz dan 20 kHz gacha bo‘lgan tovushlar 16 dB kuchaytirilgan. Redmi vakillari bu modelni «eng yaxshi ovoz sifati»ga ega deb e’lon qilishmoqda.

K80 Ultra dizayni ham e’tiborga loyiq: u metall ramka, shishasimon orqa qoplama va metall kamera blokiga ega bo‘ladi. Ekran o‘lchami esa 6.83 dyuym bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, Redmi — bu Xitoyning Xiaomi kompaniyasiga qarashli smartfon brendi. Redmi dastlab 2013-yilda arzon narxdagi, lekin yaxshi texnik xususiyatlarga ega telefonlar bilan tanilgan. 2019-yildan boshlab u alohida brend sifatida faoliyat yuritmoqda, ammo hali ham Xiaomi’ning bir qismi hisoblanadi.

Redmi asosan o‘rtacha va budjet narxdagi telefonlar ishlab chiqaradi. Bu telefonlar narxiga nisbatan kuchli protsessor, yaxshi kamera va katta batareyaga ega bo‘ladi. Shuning uchun u ko‘pchilik foydalanuvchilarga mos keladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi eng katta akkumulyatorli Redmi K80 Ultra smartfonini taqdim etishi haqida yozgan edi.