Yangiliklar

So‘qoq somsa va Andijon do‘ppisi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

Adliya vazirligi tomonidan
«So‘qoq somsa» va «Andijon do‘ppisi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi / Foto: Sun’iy intellekt yordamida yasaldi

Toshkent viloyati Parkent tumanining So‘qoq qishlog‘iga xos bo‘lgan So‘qoq somsasi va Andijon viloyatiga oid Andijon do‘ppisi Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatiga olindi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi ma’lum qildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

So‘qoq somsasi o‘zining noyob masalliqlari — xususan, So‘qoq tog‘larida o‘sadigan «mador» o‘simligi va xamir tayyorlash usuli bilan ajralib turadi. Andijon do‘ppisi esa yuqori sifatli mato, nozik naqsh va ramziy mazmuni bilan tanilgan.

Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilish ushbu mahsulotlarning hududiy xosligini, tarixiy ildizlarini va madaniy qiymatini huquqiy jihatdan muhofaza qilish imkonini beradi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tuxum barak» milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi.