Surxondaryodagi uch gektar maydonda yong‘in sodir bo‘ldi, 200 kishi bartaraf qildi
eʼlon qilindi
17-iyun kuni

Boysundagi archazorga tutash uch gektar maydonda sodir bo‘lgan yong‘in qariyb 14 soatda o‘chirildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Kecha, 17-iyun kuni soat 17:45 da Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Kengdala o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga qarashli archazorlarga tutash hududda quruq o‘tlar yongan.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘in keng hududlarga tarqalmasdan to‘xtatilgan. Uch gektar maydonni qamrab olgan yong‘in 18-iyun kuni soat 07:10 da to‘liq bartaraf etildi.
Yong‘inni o‘chirish ishlariga FVBdan, O‘rmon xo‘jaligi bo‘limidan, IIBdan va Mudofaa vazirligidan 200 ga yaqin xodimlar jalb qilingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Amirsoy»da yong‘in chiqqani haqida yozgandi.