
Xiaomi kompaniyasi Pad 7S Pro planshetini 18-iyun kuni taqdim etadi. Bu haqda kompaniya rahbari Lei Jun Weibo ijtimoiy tarmog’ida ma’lum qildi.
Planshet XRING O1 chipi (3,9 GGs) hamda Mali-G925 Immortalis MP16 grafik protsessori bilan ta’minlangan. Unda 12,5 dyuymli katta ekran mavjud. Qurilma 120 Vt quvvatga ega tezkor zaryadlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Planshet kumushrang va qora tuslarda taqdim etiladi. Qurilma uchun magnitli klaviatura-g‘ilof va stilus kabi aksessuarlar ham taqdim etiladi. Promo-rasmlarda qurilmaning asosiy jihatlari aks etgan.
Xiaomi mobil bo‘linmasi prezidenti Lu Veybing taqdimotda ishtirok etadi. Qurilma haqida to‘liq ma’lumot 18-iyun kuni e’lon qilinadi. Taqdimot oy oxirida Xiaomi YU7 elektromobili bilan birga o‘tkazilishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Poco F7 «kiberpank» dizayndagi maxsus versiyasi bilan taqdim etilishi haqida xabar bergan edi.