Yuridik litsey bitiruvchilarini test sinovisiz o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Bitiruvchilar 20-iyunga qadar maxsus komissiyaga ariza topshirishi kerak
Yuridik litsey bitiruvchilarini test sinovisiz o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi. Foto: SimpleFoto / depositphotos.com

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilari test sinovlarisiz, suhbat asosida oliy ta’lim muassasalarining «yurisprudensiya» yo‘nalishiga qabul qilinadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining vaqtinchalik nizomi tasdiqlandi.

Mazkur tartib 2023/2024 va 2024/2025 o‘quv yillaridagi litseylarga qabul qilingan o‘quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

Bitiruvchilar 20-iyunga qadar maxsus komissiyaga ariza topshiradi Suhbat asosida o‘qishga kirish uchun tavsiya etilishni so‘rashlari mumkin.

Arizaga xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlar va bitiruvchining shaxsiy yutuqlari kiritiladi. Hamda ijtimoiy hayotdagi faolligini ko‘rsatuvchi hujjatlar ilova qilinadi.

Suhbat asosida o‘qishga kirish huquqi dastlabki ikki yil uchun amal qiladi. Suhbatlar har yili 1-iyulgacha tuziladigan komissiya tomonidan o‘tkaziladi va 100 ballik tizim asosida baholanadi. Abituriyent suhbatga kelmasa yoki belgilangan ballning 56 foizidan kam ball to‘plasa, o‘qishga qabul qilinmaydi.

Oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan abituriyentlarni tavsiya qilish haqidagi buyruqlar har yili 10-avgustgacha qabul qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025/2026 o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul boshlangani haqida yozgandi.

Shuningdek, O‘zbekistonning 12 ta universiteti Impact Rankings 2025 reytingida 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar berilgandi. Bu ro‘yxatda Toshkent davlat yuridik universiteti ham bor.

THE reytingi BMT tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) asosida tuzilgan. Unda universitetlarning atrof-muhitga, ijtimoiy taraqqiyotga va iqtisodiy barqarorlikka qo‘shgan hissasi baholanadi.

Shuningdek