Lifestyle

Britaniya bosh vaziri Koreya prezidenti bilan tarjimonni adashtirib qo‘ydi

Holat G7 sammiti doirasidagi uchrashuvda yuz berdi
Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya
Britaniya bosh vaziri tarjimonni Koreya prezidenti bilan adashtirib qo‘ydi / Foto: Daily Express

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myonni emas, tarjimonni prezident deb o‘ylab, u bilan qo‘l siqib ko‘rishdi. Bu holat Daily Mail nashri e’tiboridan chetda qolmadi.

Noqulay vaziyat Kanada mezbonlik qilayotgan G7 sammitida, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya rahbarlari uchrashuvi oldidan yuz berdi. Koreya delegatsiyasi zalga kirayotgan paytda Starmer tarjimonga qo‘l uzatdi. Haqiqiy prezidentni esa keyinroq payqadi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/06/img_9972-1.mp4

Li Je Myon iyun oyining boshida Janubiy Koreya prezidenti etib saylangan. G7 sammiti esa uning xalqaro darajadagi ilk rasmiy tadbiri bo‘ldi.

Voqea yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda turli izohlar bildirildi. Ba’zi foydalanuvchilar Britaniya bosh vaziriga ko‘zini tekshirtirishni va yangi ko‘zoynak sotib olishni maslahat berdi. Boshqalar esa tarjimon bilan prezident o‘xshashligini ta’kidladi – ular bir xil bo‘yli, ikkalasi ham ingichka va yumaloq ko‘zoynak taqadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G7 rahbarlari global inqirozlarga qarshi birlikka chaqirgan edi.