Dunyo bo‘ylab 16 milliardga yaqin login va parollar internetga sizib chiqdi

eʼlon qilindi
Olimlar bu tarixdagi eng katta ma’lumotlar sizib chiqishi ekanini tasdiqladi
Foto: Sora sun’iy intellekti yordamida tayyorlandi

Dunyo bo‘ylab 16 milliardga yaqin foydalanuvchilarning login va parollari internetda tarqalib ketdi. Bu haqda Forbes Cybernew’ga tayanib xabar berdi.

Olimlar bu tarixdagi eng katta ma’lumotlar sizib chiqishi ekanini tasdiqladi. Tadqiqotchilar yil boshidan beri davom etgan tergov natijasida 30 ta katta hajmli ma’lumotlar bazasini aniqladi.

Har bir bazada o‘nlab milliondan tortib 3,5 milliardgacha bo‘lgan parol va loginlar mavjud. Bu ma’lumotlar orasida Apple, Google, Facebook, GitHub, Telegram va hatto hukumat xizmatlariga tegishli foydalanuvchi hisoblari ham bor.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu oddiy parol sizib chiqishi emas. Bu ommaviy firibgarlik hujumlari uchun tayyor «ekspluatatsiya sxemasi» hisoblanadi.

Odatda bu ma’lumotlar URL, login va parol ko‘rinishida tuzilgan bo‘lib, istalgan onlayn xizmatga kirish uchun yo‘l ochadi.

«Kiberxavfsizlik – bu faqat texnik muammo emas, balki umumiy javobgarlikdir. Tashkilotlar foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlashi kerak, odamlar esa hushyorlikni yo‘qotmasligi lozim», – deya ta’kidladi Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Javvad Malik.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 16 mingdan ziyod qozog‘istonliklarning ma’lumotlari internetda tarqalib ketgani haqida yozgandi.

«Qozog‘iston aholisi 2024» nomi ostida 16,3 million kishiga oid shaxsiy ma’lumotlar internetda ochiq tarzda tarqaldi. Bu hodisa mamlakat aholisi asosiy qismini qamrab olgan.

Sizib chiqish manbasi hozircha aniqlanmagan. Mutaxassislar bu bitta tizimga tegishli ma’lumotlar bazasi bo‘lishi yoki bir nechta manbalardan yig‘ilgan yagona hujjat bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

TSARKA mutaxassislari maxsus tergov olib bormoqda, rasmiylar axborot xavfsizligi bo‘yicha chora ko‘rishga chaqirilmoqda.

Shuningdek, «Kursiv» Malayziyada Telegram vaqtincha bloklanishi haqida xabar bergandi.

Unga ko‘ra, ayrim kanallarda joylashtirilgan kontent mamlakatning aloqa va multimedia to‘g‘risidagi qonunlarini buzgan.

Shuningdek