Gadjetlar

Honor MagicPad 3 qanday planshet bo‘ladi

Planshet oq, oltin va kulrang ranglarda sotuvga chiqadi
Honor MagicPad 3
Honor MagicPad 3 qanday planshet bo‘ladi / Foto: Weibo / Honor

Honor MagicPad 3 2-iyul kuni Magic V5 bilan taqdim etiladi. Brend Weibo ijtimoiy tarmog‘ida planshet rasmlarini e’lon qilib, qurilmani rasman tanishtirdi.

MagicPad 3 13,3 dyuymli LCD ekranga ega bo‘ladi. Ekran 3,2K aniqlikda va 165 Gts yangilanish tezligida ishlaydi.

Planshet 12 450 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Qurilma atigi 5,79 mm qalinlikda va 595 gramm og‘irlikda bo‘ladi. Honor korpus mustahkamligini alohida ta’kidlamoqda.

Foto: Weibo / Honor

MagicPad 3 Snapdragon 8 Gen 3 protsessori bilan jihozlanadi. Planshetda 16 GBgacha operativ va 1 TBgacha doimiy xotira bor. U 66 Vt quvvat bilan tez zaryadlanadi.

Planshet oq, oltin va kulrang ranglarda sotuvga chiqadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Honor Magic V5 modelining taqdimot sanasini e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.