
Isroil Turizm vazirligi mamlakatda vaqtincha bo‘lib turgan turistlarga xavfsiz tarzda chiqib ketish imkonini yaratish maqsadida maxsus raqamli ro‘yxatdan o‘tish shaklini joriy etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar qildi.
Turistlar ushbu elektron shakl orqali quyidagi ma’lumotlarini taqdim etishi lozim: ism-familiya, telefon raqami, elektron pochta manzili. Ro‘yxatdan o‘tish uchun govforms.gov.il saytiga kirish kerak bo‘ladi.

Taqdim etilgan ma’lumotlar faqat zarurat tug‘ilganda Isroil milliy xavfsizlik kengashi va Transport vazirligi bilan ulashiladi.
Bundan tashqari, turistlar uchun 24 soat faoliyat yurituvchi virtual axborot markazi ishga tushirilgan. Markazga quyidagi yo‘llar orqali murojaat qilish mumkin:
- Elektron pochta: virtual@goisrael.gov.il
- WhatsApp: +972-53-583-5808
- Facebook sahifasi: IsraelVirtualTouristOffice
Avvalroq «Kursiv» nashri Isroildagi o‘zbekistonliklar qaysi nazorat punktlaridan o‘tishi mumkinligi haqida yozgandi.
Mamlakatdagi ko‘plab turistlar hozirda aynan shu yo‘nalishlar orqali mamlakatni tark etishni afzal ko‘rmoqda.