Leapmotor C16’ning yangilangan 2026 modeli Xitoyda taqdim etildi

19-iyun 2025 11:33 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Leapmotor
Leapmotor C16’ning yangilangan 2026 modeli Xitoyda taqdim etildi / Foto: CarNewschina

Leapmotor kompaniyasi tomonidan 2026-yilgi Leapmotor C16 avtomobili taqdim etildi. Model 5 o‘rindiqli variant bilan chiqdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. Uning boshlang‘ich narxi 151 800 yuan (taxminan $21,1 ming) etib belgilangan.

Avvaliga 2024-yil iyun oyida taqdim etilgan C16 modeli EREV va BEV versiyalarda chiqarilgan edi. Endi kompaniya bu mashinani yangilab, 70 ta yaxshilanish kiritilgan versiyasini taqdim etdi.

Foto: Leapmotor

Tashqi ko‘rinish deyarli o‘zgarmagan. Uning oldi qismida nozik LED chiroq, tortiluvchi eshik tutqichlari va katta havo kirish panjarasi mavjud. Kuzov o‘lchamlari 4915×1905×1770 mm, g‘ildirak bazasi esa 2825 mmni tashkil etadi.

Model 6 va 5 o‘rindiqli variantda taqdim etiladi. 5 o‘rindiqli versiyada to‘rt o‘rindiq isitish, ventilyatsiya va massaj funksiyalariga ega. Bagaj sig‘imi esa maksimal 1663 litr (orqa o‘rindiqlar buklanganda).

Foto: Leapmotor
Foto: Leapmotor

Mashinada 8,1 litrli muzlatgich mavjud bo‘lib, u isitish funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Smart tizim sifatida Snapdragon 8295 chipi ishlatiladi. ADAS tizimi LiDAR, 5 ta radar, 12 ta kamera va 12 ta parkovka sensori bilan jihozlangan.

BEV versiyasi 800V tizimga asoslangan. Akkumulyator hajmi 67,7 kVt/soatdan 74,9 kVt/soatga oshirilgan. Elektroyurish zaxirasi endi 580 km, kuchliroq versiyada esa 81,9 kVt/soat batareya bilan 630 km. Elektromotor quvvati 220 kVtni (295 ot kuchi) tashkil etadi.

Foto: Leapmotor

EREV versiyasi 1,5 litrli generator bilan jihozlangan. U 70 kVt (94 ot kuchi) ishlab chiqaradi. Ikki xil batareya mavjud: 28,4 va 38,7 kVt/soat. Ular mos ravishda 200 – 280 km elektr yurish zaxirasini ta’minlaydi. Orqa g‘ildirakdagi elektromotor esa 170 kVt (228 ot kuchi) kuchga ega.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Kelajakda Leapmotor avtomobillari yetti ming dollarga sotilishi haqida yozgan edi. 

Shuningdek