Malibu uchun kontraktatsiya tugadi, qancha shartnoma tuzildi

19-iyun 2025 14:58 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Malibuga qancha shartnoma tuzildi. Foto: Uzautosavdo.uz

Chevrolet Malibu XL (Malibu-2 MALBDB 9AT LTZ) modeli uchun kontraktatsiya tugadi. 18-iyun kuni UzAuto Motors ushbu model uchun kontraktatsiyani ochgandi.

«Avvalgi kontraktatsiyalar davomida shartnomalar tuzilgan Chevrolet Malibu XL avtomobillarining belgilangan muddatlarda to‘lanmagan hajmlari sotuvga qo‘yilmoqda», – deya malum qildi «O‘zavtosanoat» AJ Kursiv Uzbekistan nashriga.

Shuningdek, «Kursiv» ushbu model uchun qancha shartnoma tuzilgani haqida so‘radi. Ular avtomobillar savdosining aniq hajmlari haqidagi ma’lumotlar kompaniyaning ichki korporativ axborotiga kirishini ma’lum qildi. Agar umumlashtirilgan yoki rasmiy ma’lumotlar tayyorlansa, rasmiy kanallarida e’lon qilinishini xabar qildi.

Kecha sotuvga qo’yilgan model narxi 419 mln so‘m bo‘lib, shu yilning noyabr oyi oxirigacha yetkazib berilishi rejalashtirilgandi.

Sotuvga avtomobilning to‘rt xil rangi qo‘yildi: Mosaic Black Metallic, White Frost, Cosmonaut Met-2 va Grey.

Avvalroq «Kursiv» 29-may kuni Chevrolet Malibu XL uchun kontraktatsiya atigi bir soat ichida yakunlangani haqida yozgadi.

2025-yilda UzAuto’da qaysi avtomobillar sotuvga chiqdi

Yil boshida, ya’ni 7-yanvar kuni UzAuto Motors tomonidan Chevrolet Cobalt GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT modellari onlayn kontraktatsiya bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni jami 50 017 ta shartnoma tuzilgan. Shundan 49 858 tasi jismoniy shaxslarga, 159 tasi esa yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keladi.

Jami 9 255 dona Chevrolet Cobalt GX-Style AT Plus va 40 762 dona GX-Midnight AT avtomobili realizatsiya qilindi.

Chevrolet Cobalt GX-Midnight AT uchun keyingi kontraktatsiya 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda jami 40 010 ta shartnoma tuzildi. Shundan 39 872 tasi jismoniy shaxslarga, 138 tasi esa yuridik shaxslar ulushiga toʻgʻri keladi.

Shuningdek