
Oppo Reno14 seriyasi 1-iyul kuni Malayziyada taqdim etiladi. Bu haqda kompaniya X tarmog‘ida ma’lum qildi.
Taqdimot Music Festival doirasida soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.
Seriya Reno14 va Reno14 Pro smartfonlarini o‘z ichiga oladi. Reno14 F modeli haqida ma’lumot bor, lekin rasmiy emas. U 1-iyulda chiqadimi yoki keyinroq – hozircha noma’lum.
Global Reno14 modeli Dimensity 8350 chipi bilan ishlaydi. Bu qurilma biroz kichikroq, 6000 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, faqat 80 Vt simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Pro modeliga nisbatan bir nechta boshqa xususiyatlari ham kamaytirilgan.
Oppo Reno14 Pro modeli ham taqdim etildi. Smartfonda 6.83 dyuymli 1.5K OLED ekran, 120 Hz yangilanish tezligi va 1 200 nit maksimal yorqinlik mavjud. Qurilma MediaTek Dimensity 8450 chipi, 16 GB tezkor xotira va 1 TB doimiy xotira bilan jihozlangan.
Orqa panelda to‘rtta 50 megapikselli kamera joylashgan: asosiy kamera optik stabilizatsiyaga ega, shuningdek ultra keng burchakli va 3.5 barobar optik zumli periskop kamerasi mavjud. Old kamera ham 50 MP.
Smartfon 6 200 mA·soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lib, 80 Vt quvvatda simli va 50 Vt quvvatda simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma chang va suvdan IP66/IP68/IP69 standartlari asosida himoyalangan.
Oppo Reno14 Pro Android 15 asosidagi ColorOS 15 operatsion tizimida ishlaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oppo Reno 13 blogerlar uchunmi yoki yo‘qligi haqida yozdan edi.