O‘zbekistonda kuchli shamol va sel toshqinlari kutilmoqda

eʼlon qilindi
Sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin
«O‘zgidromet» shoshilinch axborot bilan chiqdi / Foto: Depositphotos

20 – 22 iyun kunlari yog‘ingarchiliklar sababli ayrim hududlarda sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

Xavfli hududlar qatoriga Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari kiradi. Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida sel xavfi mavjud.

Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari, Andijon viloyatida esa Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri xavf ostida. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilarga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

Shuningdek, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari ko‘p to‘planishi va suv bosish holatlari kuzatilishi mumkin. Mutasaddi tashkilotlar xavfsizlikni ta’minlashga chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan bugungi kunda atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo‘layotgan omillar, ularning oqibatlari va yechim yo‘llari haqida kerakli ma’lumotlarni keltirgan edi.

Shuningdek