O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi diplomi bo‘yicha ishlamaydi – HeadHunter tadqiqoti

eʼlon qilindi
ish
O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning faqat uchdan bir qismi o‘z sohasi bo‘yicha ishlaydi
Kuryerlik – o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlamaydiganlar orasida keng tarqalgan bandlik turi. Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

HeadHunter Uzbekistan onlayn platformasi ish izlovchilar orasida o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aholining faqat uchdan bir qismi o‘z ma’lumoti bo‘yicha ishlayotganini bildirgan. Qolganlar esa sohasini butunlay o‘zgartirgan yoki diplomdagi bilimlarini faqat qisman qo‘llamoqda.

Tadqiqot asosiy xulosasiga ko‘ra, O‘zbekistonda ta’lim bilan mehnat bozori ehtiyojlari o‘rtasida tafovut mavjud.

So‘rov natijasi quyidagicha:

  • 64% respondentda oliy ta’lim yoki oliy ta’limdan keyingi ta’lim mavjud;
  • 78% agar imkon bo‘lsa, boshqa mutaxassislikni tanlagan bo‘lishini aytgan;
  • Faqat 27% odam diplomni karyeraviy muvaffaqiyatning asosiy omili deb biladi – ko‘pchilik esa tajriba, moslashuvchanlik va ko‘nikmalarga urg‘u beradi;
  • 74% ishtirokchi onlayn-ta’limni qo‘llab-quvvatlaydi, lekin ularning faqat uchdan biri uni universitetga to‘liq muqobil deb hisoblaydi.

Hh.uz ma’lumotlariga ko‘ra, ish beruvchilar hanuzgacha diplomga e’tibor berishsa-da, amaliy tajriba, tashabbuskorlik va moslashuv qobiliyatini yanada yuqori baholamoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonliklar uchun ish tanlashda qanday asosiy omillar borligi haqida yozgandi.

So‘rov natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbekistonliklar uchun ish nafaqat moliyaviy ta’minot, balki hurmat, rivojlanish va hayotdagi ma’no manbai sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek