Prezident poyezdda qashqadaryolik faollar bilan suhbatlashdi

eʼlon qilindi
Yil oxirigacha viloyatda 100 kilometr magistral yo‘lni ta’mirlash rejalashtirilgan
Prezident poyezdda qashqadaryolik faollar bilan suhbatlashdi. Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 19-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida poyezdda faollar bilan suhbatlashdi. Bu haqda prezident rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Prezident «Inson qadri uchun, inson baxti uchun» degan tamoyil asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Davlat rahbari so‘nggi ikki yilda mamlakatda 40 ming kilometr yo‘l va 540 ta ko‘prik ta’mirlanganini keltirib o‘tdi. Shuningdek, yil oxirigacha viloyatda 100 kilometr magistral yo‘lni ta’mirlash rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Parkentda turizm va bog‘dorchilik loyihalari bilan tanishgani haqida yozgandi.

Unga ko‘ra, so‘nggi yillarda bu hududda sayyohlar oqimi ortib, 80 dan ortiq xonadonlarda mehmonxonalar tashkil etilgan. Ular yiliga 172 ming sayyohga xizmat ko‘rsatmoqda.

Prezident mehmon uylaridan biriga aylangan Olim Yusubovning 48 o‘rinli milliy uslubdagi hovlisini ko‘zdan kechirdi. Ushbu uy har yili 2 mingdan ziyod mehmonlarni qabul qilmoqda. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 17-iyun kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – Xitoy» ikkinchi sammitida nutq so‘zlagandi.

O‘zbekiston rahbari savdo aylanmasi hajmining $100 mlrdga yaqinlashganini e’tirof etib, «Made in Central Asia» savdo belgisini joriy etish, «Raqamli Ipak yo‘li» platformasini yaratish va bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi. Transport-logistika sohasida Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li loyihasining strategik ahamiyati alohida ta’kidlandi. 

Shuningdek