Qashqadaryoda $400 millionlik 117 ta turizm loyihalari amalga oshirilmoqda

eʼlon qilindi
Bu orqali 1,7 ming doimiy ish o‘rni yaratiladi
Qashqadaryoda $400 millionlik turizm loyihalari amalga oshirilmoqda / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani Hisor tog‘i etagidagi sayyohlik salohiyati bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hududda «Miraki» xalqaro turizm markazi shakllantirilib, keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Foto: President.uz

Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlarida 240 gektar maydonda 117 ta loyiha bajarilmoqda, ularning umumiy qiymati $400 mlndan oshadi. Bu orqali 1,7 mingta doimiy ish o‘rni yaratiladi. Yangi «eko yo‘laklar», mehmon uylari, bolalar maydonchalari va dam olish maskanlari mahallani zamonaviy turizm markaziga aylantirmoqda.

Foto: President.uz

Prezident «Miraki and spa resort» majmuasi, yangi mehmonxonalar va xizmat turlari bilan tanishdi. Shuningdek, sayyohlar uchun Hisorak suv ombori yaqinida dor yo‘li va baland tog‘ restoranlari barpo etilgan.

Foto: President.uz

O‘tgan yili Qashqadaryoga 2,5 mln sayyoh kelgan bo‘lsa, shundan 500 ming nafari aynan Shahrisabz tumaniga tashrif buyurgan. Yangi loyihalar bu raqamni yanada oshirishi kutilmoqda.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Parkentda turizm va bog‘dorchilik loyihalari bilan tanishgan edi.

Shuningdek