Samsung Galaxy Z Fold7 eng yupqa smartfoni taqdim etiladi
eʼlon qilindi
Taqdimot 9-iyul kuni Samsung Unpacked tadbirida bo‘lib o‘tadi

Samsung tomonidan tez orada Galaxy Z Fold7 eng yupqa va eng katta ekranli bukiluvchi smartfoni taqdim etiladi. Android Headlines nashri qurilmaning rasmiy renderlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, yangi model ochilgan holatda atigi 3,9 – 4,5 mm qalinlikda bo‘lib, avvalgi modeldan ancha yupqa bo‘ladi (Z Fold6 – 5,6 mm).

Bundan tashqari, smartfonning ekranlari ham kattalashadi: tashqi ekran 6,5 dyuym, ichki ekran esa 8,2 dyuymga yetadi. Galaxy Z Fold7 taqdimoti 9-iyul kuni Samsung Unpacked tadbirida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung smartfonlari uchun uzoq vaqtga yetadigan batareyalar ustida ishlayotgani haqida yozgan edik.