Shahrisabzda qiymati $1,5 millionlik yangi kichik GES qurib bitkazildi

eʼlon qilindi
Bu orqali yiliga 5 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi
Shahrisabzda qiymati $1,5 millionlik yangi kichik GES qurib bitkazildi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz tumanida, Hisorak suv ombori yaqinida qurilgan Hisorak kichik gidro elektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Unga ko‘ra, quvvati 3,5 MVt bo‘lgan ushbu GES yiliga o‘rtacha 17,5 mln kilovatt-soat elektr ishlab chiqaradi va 7 mingdan ortiq xonadonlarni elektr bilan ta’minlaydi.

Foto: President.uz

GES qurilishi to‘liq mahalliylashtirish asosida amalga oshirilgan bo‘lib, loyihaning qiymati $1,5 mlnni tashkil qiladi. Natijada yiliga 5 mln kub metr tabiiy gaz tejash imkonini beradi.

Foto: President.uz

Shuningdek, kelgusi ikki yilda 12 MVt quvvatli 416 ta mikro GES qurilishi rejalashtirilgan. Bu orqali aholi elektr ta’minotini yanada yaxshilash va gidroenergetika salohiyatini oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda $400 mlnlik 117 ta turizm loyihalari amalga oshirilayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek