
Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasi qurilish ishlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi xabar berdi.
Mazkur bosqichda 2,2 ming kvadrat metr yo‘lak ta’mirlandi, 2,7 ming kvadrat metr maydonga tosh yotqizildi. 650 kvadrat metr maydon asfalt qilindi.




Shuningdek, 3,3 ming tup buta va 20 tup manzarali daraxt ekilib, 2 ming kvadrat metr hajmda yashil maydon tashkil etildi.




Bundan tashqari, hududda ikki dona favvora, to‘rtta haykal, oltita o‘rindiq va oltita urna o‘rnatildi. Uchtadan besedka joylanib, sayr qiluvchilar uchun shinam dam olish joylari barpo etildi.



Xavfsizlik va qulaylikni oshirish maqsadida 28 ta kuzatuv kamerasi, 18 ta ovoz kuchaytiruvchi kolonka hamda yo‘llarni yoritish uchun 10 ta kichik va 8 ta katta yorug‘lik ustuni o‘rnatildi.
Taras Shevchenko ko‘chasi loyihasi qachon boshlandi
2024-yil 13-iyul kuni, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov Taras Shevchenko koʻchasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Uchrashuvda ushbu turistik koʻchaning ishga tushirilishi tadbirkorlarning daromad manbaini oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Oktabr oyida Taras Shevchenko ko‘chasida gastronomik ko‘cha qurilishi bo‘yicha ishlarning birinchi bosqichini yakunlash muddati o‘ninchi oktabrga ko‘chirildi, deb xabar bergandi Mirobod tumani hokimligi.
10-oktabrdan turizm ko‘chasini barpo etishning ikkinchi bosqichi boshlangandi. Oy oxiriga kelib ushbu gastronomik ko‘cha ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Kursiv Uzbekistan ko‘cha qurilishi ishlari mahalliy biznesga qanday ta’sir qilayotganini aniqlagandi.