Yangiliklar

Toshkent va Moskva migratsiya masalalarini birgalikda hal qiladi – Putin

Putin bayonotni OAV vakillari bilan uchrashuv chog‘ida berdi
Toshkent va Moskva migratsiya masalalarini birgalikda hal qiladi — Putin / Foto: «Единая Россия»

O‘zbekiston va Rossiya migratsiya masalalarini birgalikda hal qiladi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvda. Bu haqda Tass axborot agentligi ma’lum qildi.

«Biz Shavkat Miromonovich (Mirziyoyev – tahr. Kursiv Uzbekistan) bilan migratsiya masalalarini birgalikda hal qilishga kelishib oldik. Chunki mehnat bozori bugungi kunda qanday ahvolda ekani hammaga ma’lum», – dedi Rossiya prezidenti.

Встреча с руководителями международных информагентств

Putin, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya yoshlarining o‘zaro aloqalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, 2024-yilda Rossiyada 698 ming nafar o‘zbekistonlik ishlagan. 2023-yilda esa bu raqam 1,2 mlnni tashkil etgan. Shu davr mobaynida Rossiyaga ish izlab ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni 29,2 mingdan 123,6 minggacha oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin maslahatchisi SSSR hali-hanuz mavjud, Ukraina urushi esa ichki masala ekanligini aytgan edi.