Toshkentdagi kuchli shamol sababli bir nechta samolyotlar aerodromga qo‘na olmadi

eʼlon qilindi
Samarqanddagi zaxira aerodromiga yo‘naltirildi
Foto: Uzbekistan Airports

Toshkent xalqaro aeroportida shamol yo‘nalishining keskin o‘zgarishi tufayli havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 16:03 da kuchli shamol sabab aeroportda parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir nechta reyslar zaxira aerodromlarga yo‘naltirildi.

Qo‘na olmagan reyslar orasida:

  • «Qanot Sharq» aviakompaniyasining Kamran – Toshkent yo‘nalishidagi HH-2232 reysi (qo‘nish 16:35 da);
  • Uzbekistan Airways’ning Maxachqal’a–Toshkent HY-9732 reysi (qo‘nish 16:42 da);
  • Uzbekistan Airways’ning Dehli – Toshkent HY-424 reysi (qo‘nish 16:51 da) mavjud bo‘lib, bu samolyotlar Samarqanddagi zaxira aerodromiga yo‘naltirildi.

Shuningdek, Air Astana aviakompaniyasining Astana – Toshkent yo‘nalishidagi KS-123 reysi Turkiston aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Mahalliy vaqt bilan soat 16:30 da vaziyat barqarorlashdi va Toshkent aeroportida barcha cheklovlar bekor qilindi. Hozirda aeroport odatdagi rejimda ishlamoqda, zaxira aerodromlarga qo‘ngan samolyotlar Toshkentga qayta uchishga tayyorlanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron havo hududining yopilishi sabab bir nechta xalqaro reyslar bekor qilingani haqida yozgandi.

Bekor qilingan reyslar quyidagilar:

  • «Flydubai» aviakompaniyasining FZ-1945/1946 raqamli Dubay – Toshkent – Dubay yo‘nalishidagi reyslari;
  • «Air Arabia» kompaniyasining G9-270/271 raqamli Sharja – Toshkent – Sharja reyslari;
  • «Asia Union» aviakompaniyasining 7Q-141/142 raqamli Toshkent – Madina – Toshkent reyslari.

Shuningdek, Toshkent aeroportidagi uchib kelish zalining yangilangan o‘ng qismi foydalanishga topshirilgandi.

Zalning umumiy maydoni kengaytirilib, avtotransport va avtobuslar uchun yangi yo‘lak qurildi. 120 o‘rinli avtoturargoh tashkil qilindi va yashil hudud barpo etildi.

Shuningdek