
LG Energy Solution va Toyota Tsusho akkumulyator chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxona – Green Metals Battery Innovations tashkil etmoqda. Bu haqda LG kompaniyasi rasmiy saytida ma’lum qildi.
Rasmiy press-relizga ko‘ra, yangi zavod AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi Vinston-Seylem shahrida 2026-yilda ish boshlaydi. Loyihaning maqsadi – yiliga 13 500 tonnagacha chiqindini qayta ishlash bo‘lib, bu 40 mingdan ortiq avtomobil akkumulyatoriga teng.
Zavod tarkibida nikel, kobalt va litiy saqlovchi «qora massa» deb ataluvchi moddani ajratib olish bilan shug‘ullanadi. Dastlabki bosqichda LG elektromobil akkumulyatorlarini ishlab chiqarishdan qolgan chiqindilarni Toyota uchun yetkazib beradi. Olingan materiallar keyinchalik chuqur qayta ishlanib, ishlab chiqarish jarayonida yana foydalaniladi.
Loyiha yopiq ishlab chiqarish aylanasini rivojlantirish va karbon izini kamaytirishga qaratilgan. LG va Toyota tashabbusi barqaror texnologiyalar bozoridagi o‘z mavqeyini mustahkamlashga xizmat qiladi hamda akkumulyatorlarni qayta ishlashni kengaytirishga bo‘lgan intilishni tasdiqlaydi. Bu esa kelajak avtomobillarini rivojlantirishda muhim yo‘nalish hisoblanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toyota yangi Prius Plug-in Hybrid 2026’ni taqdim etgani haqida yozgandi.
Mazkur avtomobil batareyasi 13,6 kVt/soat bo‘lib, u oddiy rozetkadan 11 soatda, tez zaryadlovchidan esa 4 soatda to‘liq quvvatlanadi.