Xorijga «osonlikcha» ishga va o‘qishga yubormoqchi bo‘lgan firmalar 112 million so‘m jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
Litsenziyasiz faoliyat yuritayotgan firmalar aniqlandi
Xorijga «osonlikcha» ishga va o‘qishga yubormoqchi bo‘lgan firmalar 112 million so‘m jarimaga tortildi. Foto: NewAfrica / depositphotos.com

Raqobat qo‘mitasi xorijga ishga va o‘qishga yubormoqchi bo‘lgan bir qancha firmalarni 112 million so‘mdan ziyod jarimaga tortdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Migratsiya agentligiga firibgarlikka yo‘l qo‘yayotgan konsalting firmalar haqida 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Unga ko‘ra murojaatlar quyidagi mazmunda bo‘ldi:

  • Toshkentda Konsalting N1 B2B’ga 16 mln so‘mdan ortiq to‘lov qilgan fuqaro Latviya bo‘yicha murojaati;
  • Farg‘onadagi fuqaro tomonidan Vivat Viz MChJga $2 ming to‘lab, Latviyada ish va viza olish bo‘yicha chuv tushgani;
  • Toshkent viloyatidagi fuqaro esa Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan Black Mountain Pro MChJga 36 mln so‘m to‘lab, natijada ko‘rmagan.

Ma’lumot uchun, xorijda ishga joylashtirish xizmatini faqat litsenziyaga ega agentliklar amalga oshirishi mumkin.

Biroq Diamond Ideal, «Xorijda Ish va O‘qish», SJ Team, Consulting Fly, Asia Consult Edugately, Euro Asia Consulting Centre, Exlusive Assistant, Doch Consult, Global Consulting Effort, Poland Business Support and Viza kabi firmalar litsenziyasiz faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, Everyone Consult va Worldviza MChJlari Yevropa davlatlariga ishga yuborish bilan shug‘ullangani uchun migratsiya agentligi tomonidan 112,5 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Work and Travel orqali Germaniyaga borgan qoraqalpog‘istonlik talabalar qiyin ahvolda qolgani haqida yozgandi.


Shuningdek