Yangiliklar

1-sinfga onlayn qabul boshlandi

Arizalarni onlayn topshirish mumkin
1-sinfga onlayn qabul boshlandi / Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

20-iyun kuni soat 09:00 dan 2025/2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul boshlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, arizalarni my.maktab.uz platformasi yoki my.gov.uz portali orqali topshirish mumkin.

Qabul jarayonlari 2 bosqichdan iborat: 1-bosqich 2025-yil 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida, 2-bosqich esa 2025-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqaridagi arizalarni o‘z ichiga oladi.

Elektron qabul jarayonlariga oid savollar yuzasidan 71-203-07-04 va 71-203-04-03 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish yoki @mymaktab_uz Telegram kanaliga murojaat qilish mumkin.

Ma’lumot uchun, ushbu yilda 1-sinfga faqat 2018-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini boshlagani haqida yozgan edik.